Seshanba kuni Tayvan qurolli kuchlari ham harbiy mashqlarni boshlaydi
AQSH Kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi aks-sadosi hali bosilmayapti.
Pelosining tashrifiga norozilik sifatida Xitoy xalq ozodlik armiyasi Tayvan oroli atrofida keng ko‘lamni harbiy mashqlarni boshlab yubordi.
Endi Tayvan qurolli kuchlari ham seshanbadan payshanbagacha jangovar o‘q otishlar bilan mashqlar boshlashi haqida xabar tarqatdi. Orolning janubida o‘tkazilayotgan mashqlardan maqsad armiyaning jangovar qobiliyatini ko‘rikdan o‘tkazish, deyiladi orolning axborot agentligi (CNA) armiya manbalariga tayanib tarqatgan xabarida.
"To‘qqizinchi avgustdan 11 avgustgacha Pindun uyezdida Fengan porti atrofida jangovar o‘qlardan foydalangan holda og‘ir zambaraklardan otish mashqlari o‘tkaziladi", – deyiladi xabarda.