Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Serxi RAMIS: O‘zbekistonning “Qumtepa”si – Markaziy Osiyodagi eng yirik bozorlardan biri
17:12 / 2023-05-17

Ispaniyaning ommabop “La Vanguardia” saytida O‘zbekistonning bozorlari mavzusida maqola e’lon qilindi. Mazkur onlayn nashr tahririyati sharhlovchisi qalamiga mansub materialda mamlakatimiz bozorlariga xos turfa xillik ifodalangan.

Muallif Marg‘ilon yaqinida joylashgan “Qumtepa” bozori haqida shunday yozadi:

- “Qumtepa” bozori ulkan hududda joylashgan. Bu yerda kun bo‘yi ochiq osmon ostida yastangan yo‘laklar bo‘ylab sayr qilish mumkin. Hududi, shovqini bilan Qashqar (Xitoy)ning yakshanba bozorini esga soladigan ushbu majmua ko‘p asr oldin paydo bo‘lgan bozorlarga xos jihatlarga asosan tarmoqlangan.

Maqolada ta’kidlanishicha, Ipak yo‘lining qadimgi davrida bo‘lgani kabi, ipakdan tayyorlangan matolar mintaqada juda xaridorgir.

– Bozorda bunday matolar sotiladigan yigirmaga yaqin do‘kon joylashgan mo‘’jaz bino mavjud, – deb yozadi nashr. – Bu ganjina atrofida Marg‘ilon shoh ko‘chasining ikki tomonida cho‘zilgan bozor barpo etilgan. Marg‘ilon joylashgan Farg‘ona vodiysi Markaziy Osiyodagi eng serhosil voha hisoblanadi. Bu yerda uzum, olma, kartoshka, qalampir, yong‘oq va boshqa turli xil quritilgan mevalarni hohlagancha topish mumkin. Mahsulot rastaga did bilan joylashtiriladi. O‘rta Osiyoning boshqa vohalarida bo‘lgani kabi, bu yerda ham qovun va tarvuz raqobatbardosh o‘lchamga ega.

Muallif o‘zbek noniga alohida e’tibor qaratgan. Uning yozishicha, har bir nonvoyning o‘ziga xos naqsh uslubi bor. Betakror va xush bo‘yi kishida o‘zbek nonini tatib ko‘rishga nisbatan chidab bo‘lmas darajada ishtiyoq uyg‘otadi.

Serxi Ramis turli jamoat transporti vositalarini boshqaradigan barcha haydovchilar Marg‘ilon markazidan 15 daqiqalik masofada joylashgan “Qumtepa” bozorini juda yaxshi bilishiga ham diqqatini qaratgan.

O‘zA