French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sertifikatsiz mahsulot uchun jarima qo‘llanildi
14:56 / 2024-05-08

Surxondaryo viloyatida joylashgan avtomobillarga gaz tarqatish kompressor shoxobchasiga (AGTKSH) muvofiqlik sertifikatisiz mahsulot uchun jarima qo‘llanildi.

Surxondaryo viloyati nazorat inspeksiyasi tomonidan "K.A" MCHJda (nomi o‘zgartirilgan) o‘tkazilgan tekshirishda avtomobillarga gaz tarqatish kompressor shaxobchasi tomonidan 1.9 milliard so‘mlik muvofiqlik sertifikatisiz ichki yonuv dvigatellari uchun siqilgan tabiiy gaz mahsulotini realizatsiya qilish holatlari aniqlandi.  

Muvofiqlik sertifikatisiz ichki yonuv dvigatellari uchun siqilgan tabiiy gaz mahsulotining realizatsiya qilinishini taqiqlash va mahsulotni sertifikatlashtirish yuzasidan yozma ko‘rsatma berildi.  

 

Gulnoza Boboyeva,O‘zA