Serjo Mattarella Shohi Zinda yodgorlik majmuasida
Italiya Prezidenti boshchiligidagi delegatsiya Shohi Zinda yodgorlik majmuasida bo‘ldi. Bu qutlug‘ qadamjo Samarqanddagi eng qadimiy obidalardan biri hisoblanadi. Sahoba Qusam ibn Abbos va zaminimizda yetishib chiqqan ulug‘ allomalar maqbaralaridan iborat majmua arxitektura va bezak san’atining bir necha asrlik an’analarini o‘zida aks ettirgan.
Ayniqsa, Amir Temur va temuriylar davrida bir qator inshootlar qurilib, obod qilingan.
G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari