Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Serjantlar salohiyati armiya qudrati belgisi
11:44 / 2023-04-07

FOTOREPORTAJ

Samarqand shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Kichik mutaxassislar tayyorlash markazida milliy armiyamizning tayanchi, harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan malakali serjantlar tayyorlanadi.

Salohiyatli harbiy xizmatchilar armiyamizning qudratini belgilaydi. Shu bois bugungi kunda ona Vatanimiz sarhadlari daxlsizligini ta’minlashdek sharafli vazifasini o‘z zimmasiga olgan serjantlarni zamon talabiga mos bilim va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi yo‘lida tub islohotlar amalga oshirib kelmoqda. Xususan, markazda ularning har tomonlama yetuk harbiy xizmatchi darajasiga yetishi uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Eng muhimi, ushbu jarayondagi uslubiy o‘quv qo‘llanmalar, ko‘rgazmali qurollar zamonaviy harbiy texnikalar bilan ta’minlashda markaz o‘qituvchilarining tashabbusi alohida ahamiyat kasb etmoqda.

[gallery-11317]

- bugungi kunda markazda Qurolli Kuchlar uchun kichik komandirlar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish tizimli yo‘lga qo‘yilgan, - deydi Taktik tayyorgarlik sikli katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Shuhrat Safarov. - Ularni har tomonlama yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishi o‘quv jarayonlarining samaradorligiga bog‘liq. Harbiylikda ruhan sog‘lom, jismonan baquvvat, barkamol inson qo‘yilgan vazifani munosib bajaradi. Shuni hisobga olgan holda markazda ajdodlarimizning boy madaniy merosidan unumli foydalanib, ularning jasoratlarni gavdalantirib, harbiylarga ruhiy ozuqa berishni maqsad qildik. O‘quv mashg‘ulotlar xonalarida bevosita nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashga harakat qilganmiz. Bunda kursantning texnikani oldiga borganida yoki qurol-aslahani ushlaganda hayajonini bosib olishini ta’minlash maqsad qilingan. Ushbu sharoitlarni markazimiz o‘qituvchilarining o‘zlari, o‘z qo‘llari bilan yaratmoqda.

Xususan, markazning Texnik tayyorgarlik sikli katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Vadim Ochilov hamda Jismoniy tayyorgarlik va sport sikli qo‘l jangi yo‘riqchisi, 1-darajali serjant Ahror Ishonqulovlarning samarali faoliyati alohida e’tirofga loyiq. Ular yaratgan o‘quv uslubiy qo‘llanmalar, ko‘rgazmali qurollar serjantlarning yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishini ta’minlamoqda.

O‘zbekiston Qurolli mojarolar va antiterroristik kurash nogiron-faxriylarining «Vatan» xayriya jamoat fondi ommaviy tashkiliy ishlar bo‘limi boshlig‘i Botir Sodiqov ishtirokida markazda o‘tkazilgan tadbirda jamoaning erishgan yutuqlari, amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil so‘z yuritildi.  

Tadbirda Kichik mutaxassislar tayyorlash markazi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi - shtab boshlig‘i podpolkovnik Akbar Norqulov, markaz boshlig‘ining o‘quv uslubiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik Jamshid Yodgorov, Texnik tayyorgarlik sikli katta o‘qituvchisi, podpolkovnik Vadim Ochilov hamda Jismoniy tayyorgarlik va sport sikli qo‘l jangi yo‘riqchisi, 1-darajali serjant Ahror Ishonqulovlar sohadagi samarali faoliyati, fidokorona mehnatlari uchun «Vatan» xayriya jamoat fondi tomonidan esdalik nishonlari bilan taqdirlandi.

 

Alisher ISROILOV(surat),O‘zA