Sergey Rostovsev Malayziyada yana tengsiz bo‘ldi
"ASEAN TRACK SERIES" turnirining ikkinchi bosqichida milliy terma jamoamiz a’zosi Sergey Rostovsev "omnium" dasturida ham tengsiz ekanini isbotladi va navbatdagi oltin medalni qo‘lga kiritdi.
U bunga qadar ushbu turnirning birinchi bosqichida o‘tkazilgan "omnium", "scratch" va "elemination" dasturlarida ham oltin medalni terma jamoamiz hisobiga yozib qo‘ygandi.
Shuningdek, Nafosat Qo‘ziyeva ayollar o‘rtasida o‘tgan «scratch» dasturida bronza, «elimination» dasturida kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Malayziyada o‘tayotgan "ASEAN TRACK SERIES" turnirining ilk bosqichida velosportchilarimiz 3 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA