Sergey Lavrov Turkiyada rossiyaliklarning hibsga olinishi to‘g‘risida xabar berib turilishini so‘ramoqda
Moskva Anqara bilan Turkiyadagi rossiyaliklarning hibsga olinishi to‘g‘risida darhol ma’lumot berish bo‘yicha maslahatlashmoqda.
Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bugun Rossiya tashqi siyosatiga bag‘ishlangan veb-seminarda ma’lum qildi.
– Rossiyalik fuqarolar hibsga olinganda darhol bizga xabar berilishi kerak. Ko‘pgina mamlakatlar bilan bizda konsullik konvensiyalari mavjud, bu ularga kafolat beradi, – dedi Lavrov.
– Hozir biz turkiyalik hamkasblarimiz bilan bu borada ish olib boryapmiz, chunki yaqin vaqtgacha ular bizning fuqarolarimizni asosan terroristik harakatlarga aloqadorlikda gumon qilib hibsga olgan.