Sergey Fominning Tailanddagi muvaffaqiyati davom etmoqda
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sergey Fomin Tailandda o‘tayotgan xalqaro turnirda chorak finalga yo‘l oldi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Sergey Nontxaburi shahrida o‘tayotgan “Challenger 50” toifasiga kiruvchi nufuzli musobaqaning nimchorak finalida fransiyalik Rober Bertrandga qarshi kortga chiqdi va 6:3, 6:4 hisobida raqibini taslim etdi.
Shu tariqa, S.Fomin musobaqaning asosiy to‘ridan o‘rin olgan 1/4 final bosqichida chexiyalik Marek Gengel bilan yarim final yo‘llanmasi uchun o‘zaro kuch sinashadigan bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA