Sergey Fominning raqiblari unga qarshi o‘ynashdan cho‘chimoqda
Xitoyda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan M25 toifasiga kiruvchi turnirda mamlakatimiz sharafini Sergey Fomin himoya qilayotgani haqida xabar bergan edik.
Musobaqaning juftliklar o‘rtasida Sergey Fomin ispaniyalik Ignasi Forkano bilan tandem hosil qildi. Ular chorak final bosqichida estoniyalik Kristiyan Tamm va malayziyalik Mitsuki Vey Kang Leong duetiga qarshi kortga chiqishi kutilgan edi. Biroq raqib tennischilari uchrashuvni o‘tkazishdan bosh tortdi va yengilganini tan oldi.
Shu tariqa, Sergey va Ignasi qiyinchiliksiz yarim finalga yo‘l oldi. Endi ular yaponiyalik Rio Tabata va Xitoy Taypeyi vakili Kay-i Vang bilan kuch sinashadi.
Darvoqe, Sergey Fomin yakkalik bahslarida chorak finalga ham hech qanday qarshiliksiz o‘tgan edi. Bugun yarim final ostonasida tennischimiz malayziyalik Mitsuki Vey Kang Leongga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA