Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sergey Fominning asosiy davradagi raqibi aniq bo‘ldi
22:48 / 2025-05-19

Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida tennis bo‘yicha "Chellenjer" turkumiga kiruvchi xalqaro turnirda hamyurtimiz Sergey Fomin muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Musobaqaning saralash bahslarida tennischimiz dastlab gretsiyalik Pavlos Sitsipasni 6:3, 7:5 hisobida yenggan bo‘lsa, rossiyalik Semen Pankinni 2:6, 7:6, 6:2 hisobida taslim qildi va yakkalik bosqichining asosiy to‘riga yo‘l oldi.

Endi Sergey Fomin mukofot jamg‘armasi 60 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu turnirning birinchi davrasida gruziyalik Aleksandr Bakshiga qarshi kortga chiqadi.

Javohir Toshxo‘jayev,O‘zA