Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sergey Fomin yarim finalga yo‘l oldi
08:30 / 2025-04-04

Turkiyaning Antaliya shahrida M25 tasnifiga kiruvchi xalqaro tennis turnirida hamyurtimiz Sergey Fomin yakkalik va juftlik bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Tennischimiz musobaqaning ikkinchi davrasida fransiyalik Shon Kuenin ustidan 6:2, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi va yarim final yo‘llanmasi uchun neytral tennischi Aleksey Vatutin bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.

Shuningdek, Sergey Fomin turnirning juftlik bahslarida neytral tennischi Pavel Verbin bilan tandemda chexiyalik Zdenek Kolar va avstriyalik Sandro Kopp juftligini har ikkala setda bir xil 6:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, chorak finalda turkiyalik tennischilar dueti – Sarp Agabigun va Mert Ozdemirni 7:6, 6:4 hisobida dog‘da qoldirdi.

Endi Sergey hamda Pavel yarim final bosqichida finlyandiyalik Patrik Kaukoyalta va Yero Vasa juftligiga qarshi kortga chiqadi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA