Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sergey Fomin yarim final ostonasida
09:30 / 2025-02-21

Portugaliyada davom etayotgan tennis bo‘yicha M25 tasnifidagi xalqaro turnirda hamyurtimiz Sergey Fomin o‘z ishtirokini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda. U 1/8 final bosqichida g‘alabaga erishib, chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Avvalroq, Fomin musobaqaning ilk bosqichida shveysariyalik Hugo Ozilugani ishonchli tarzda, har ikki setda 6:2, 6:2 hisobida mag‘lub etgan edi. U ikkinchi bosqichda ham barqaror o‘yin namoyish etib, navbatdagi raqibini taslim qildi.

Sergey nimchorak finalda slovakiyalik tajribali tennischi Martin Klijanni 6:4, 7:6 hisobida mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi. Endi u yarim finalga chiqish uchun mezbon tennischi Gashtao Eliashga qarshi bahs olib boradi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA