Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sergey Fomin yangi mavsumdagi ilk g‘alabasiga erishdi
14:27 / 2026-01-06

Mahoratli tennischimiz Sergey Fomin joriy yilgi mavsumni Tailandda o‘tayotgan xalqaro turnirdan boshladi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Sergey Nontxaburi shahrida o‘tayotgan “Challenger 50” toifasiga kiruvchi nufuzli musobaqaning ilk davrasida yaponiyalik Renta Tokudani uch setda 7:5, 3:6, 7:5  hisobida dog‘da qoldirdi va ikkinchi bosqichga chiqdi.  

Endi Sergey Fomin chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan nimchorak finalda fransiyalik Rober Bertrandga qarshi kortga chiqadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA