Sergey Fomin Xitoyda bir turnirda ikkita bosh sovrin sohibiga aylandi
Xitoyning Syandaoxu shahrida davom etayotgan tennis bo‘yicha ITF tomoindan o‘tkazilayotgan M25 tasnifiga kiruvchi xalqaro turnirda hamyurtimiz Sergey Fomin ikki bora bosh sovringa ega chiqdi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, yakkalik bahslarining so‘nggi hal qiluvchi final bosqichida neytral maqomdagi tennischi Nikolay Galakka qarshi kortga chiqib, yakunda 6:2, 6:2 hisobida taslim etdi.
Shuningdek, Sergey Fomin juftli bellashuvlarida ispaniyalik Ignasi Forkano bilan tandem hosil qilgan holda finalga chiqdi. Ular final bahsida xitoylik Sun Fajing va Fnu Nidunjianzan juftligini 6:2, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa, mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennischisi bo‘lgan Sergey Fomin nufuxli turnirning ham yakkalik, ham juftlik bellashuvlarida chempionga aylandi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA