Sergey Fomin va Maksim Shin xalqaro turnirni g‘alaba bilan boshladi
Shu kunlarda Bahrayn va Turkiya mamlakatlarida tennis bo‘yicha xalqaro turnirlar o‘tkazilmoqda. Ahamiyatlisi, mazkur musobaqalarda mamlakatimiz sharafini Sergey Fomin va Maksim Shin munosib himoya qilmoqda.
Manama shahrida o‘tayotgan M25 tasnifiga kiruvchi nufuzli turnirda Sergey Fomin yakkalik bahslarining ilk bosqichida ukrainalik Vladimir Yakubenkoni har ikkala setda bir xil - 6:2 hisobida taslim etdi. Shu tariqa, ikkinchi davraga yo‘l olgan tennischimiz chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda ruminiyalik Vladislav Melnich bilan raqobatlashadi.

Maksim Shin esa Antaliya shahrida tashkil etilgan M15 toifasidagi musobaqada mezbonlar vakili Ahmet Atabayga qarshi birinchi bosqichda kortga chiqdi va 6:0, 6:2 hisobida g‘alabani nishonladi. Endi u ikkinchi davrada ruminiyalik Nikolas Davidlonel bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA