Sergey Fomin va Humoyun Sultonov Xitoyda bosh sovrinni ko‘zlamoqda
Xitoyda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan M25 toifasiga kiruvchi turnirda mamlakatimiz sharafini Humoyun Sultonov va Sergey Fomin himoya qilmoqda.
Musobaqada mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Humoyun Sultonov qozog‘istonlik Grigoriy Lomakinni har ikkala setda bir xil - 6:3 hisobida taslim etgan bo‘lsa, Sergey Fomin xitoylik Jeng Dongni 6:2, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi Sergey ikkinchi davrada ukrainalik Iliya Marchenko bilan kuch sinashadi. Humoyun esa yaponiyalik Rio Tahata va avstraliyalik Chase Ferguson uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA