French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sergey Fomin Turkiyada muvaffaqiyat qozonmoqda
16:19 / 2025-04-04

Turkiyaning Antaliya shahrida M25 tasnifiga kiruvchi xalqaro tennis turniri qizg‘in pallaga kirdi.

Unda mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennischi Sergey Fomin yakkalik bellashuvlarda neytral tennischi Aleksey Vatutin bilan kuch sinashdi va 7:6, 0:6, 6:4 hisobida zafar quchdi. Shu tariqa yarim finalga chiqqan tennischimiz final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda chexiyalik Martin Krumich bilan raqobatlashadi. 

Ma’lumot o‘rnida: Sergey Fomin o‘tgan haftada Antaliyada o‘tkazilgan nufuzli musobaqaning yakkalik bahslarida barcha raqiblarini yengib, yakunda bosh sovringa ega chiqqan edi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA