Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sergey Fomin Manamada chempion bo‘ldi
10:35 / 2025-11-17

Bahrayn poytaxti Manama shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan M25 toifasiga kiruvchi xalqaro turnirda hamyurtimiz Sergey Fomin bosh sovringa ega chiqdi.

Mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennischisi bo‘lgan Sergey Fomin nufuzli musobaqaning so‘nggi hal qiluvchi final bosqichida polshalik Olaf Peshkovskiga qarshi kortga chiqdi. Bahsning birinchi setini 1:6 hisobida boy berib qo‘ygan Sergey qolgan ikki setda 6:4, 6:3 hisobida raqibidan ustun keldi va musobaqaning yakkalik bahslari g‘olibiga aylandi.

Shu tariqa Sergey Fomin xalqaro turnirda bosh sovrin bilan birgalikda, 4 ming 612 AQSH dollari pul mukofoti va 25 ATP reyting ochkosini qo‘lga kiritdi. Darvoqe, o‘tgan haftada Bahraynda o‘tgan boshqa bir musobaqada tennischimiz juftlik bahslarida vitse-chempoinga aylangan edi.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA