Sergey Fomin Manama kortlarida porlamoqda
Bahrayn poytaxti Manama shahrida tennis bo‘yicha “Challenger” tasnifiga kiruvchi xalqaro turnirda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sergey Fomin muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Sergey Fomin musobaqaning ilk bosqichida AQSH vakili Dali Blanchni 6:7, 7:6, 6:3, 1/8 finalda germaniyalik Maksimilian Hombergni 6:0, 7:6 hisobida taslim etgan holda chorak finalga chiqdi.
Shu tariqa, S.Fomin musobaqaning yarim final bosqichiga yo‘llanma beruvchi bahsda Buyuk Britaniya sharafini himoya qilayotgan Tobiy Samuel bilan raqobatlashish huquqini qo‘lga kiritdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA