Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sergey Fomin ikkinchi davraga yo‘l oldi
09:48 / 2024-07-17

Qozog‘istonda erkaklar o‘rtasida o‘tkazilayotgan «Astana Challenger Capital Cup» musobaqasida Sergey Fomin nimchorak finalga yo‘l oldi.

Musobaqaning ilk davrasida Sergey Fomin yaponiyalik Takeru Yuzuki bilan raqobatlashdi va 7:6, 6:1 hisobida zafar quchdi. Endi tennischimiz chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda turkiyalik Yanki Erel bilan kuch sinashadi.   

Shuningdek, bugun birinchi davrada Humoyun Sultonov slovakiyalik Lukash Pokorniga qarshi kortga.   

Buyuk Britaniyaning Nottingem shahrida tennis bo‘yicha ITF musobaqalar taqvimidan joy olgan W50 tasnifidagi «Nottingham» turnirida Nigina Abduraimova afsuski birinchi bosqichda belgiyalik Klara Vlasselyarga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqa bilan xayrlashdi.   

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA