Sergey Fomin Gruziyada muvaffaqiyatli start oldi
Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida tennis bo‘yicha "Chellenjer" turkumiga kiruvchi xalqaro turnirda hamyurtimiz Sergey Fomin ishtirok etmoqda.
Tennischimiz turnirning asosiy to‘r bahslariga yo‘llanma beruvchi saralash bosqichida gretsiyalik Pavlos Sitsipasni 6:3, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va keyingi davrada rossiyalik Semen Pankinga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida: ushbu turnirning mukofot jamg‘armasi 60 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Musobaqaning yakkalik bahslarida g‘olib bo‘lgan tennischi 8,350 AQSH dollar pul mukofoti va 50 reyting ochkosi bilan taqdirlanadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA