Sergey Fomin finalga yo‘l oldi
Xitoyning Shandun provinsiyasi Jinan shahrida tennis bo‘yicha "Chellenjer" turkumiga kiruvchi “Jinan Open” turnirida hamyurtimiz Sergey Fomin ishtirok etmoqda.
Mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennischisi Sergey Fomin mukofot jamg‘armasi 200 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi mazkur turnirning saralash bahslarida yaponiyalik Rio Noguchi bilan kuch sinashdi. Ushbu o‘yinning birinchi davrasida 6:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan tennischimiz qolgan ikki setni 6:4, 7:6 hisobida o‘z foydasiga hal etdi va saralash bosqichining finaliga yo‘l oldi.
Shu tariqa, S.Fomin asosiy davraga yo‘llanma beruvchi so‘nggi bahsda qozog‘istonlik Denis Yevseyevga qarshi kortga chiqadi. Uchrashuv 7 oktyabr kuni soat 08:00 da boshlanadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA