Sergey Fomin final yo‘llanmasi uchun o‘ynaydi
Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida M15 toifasiga kiruvchi turnirda Sergey Fomin yarim finalga yo‘l oldi.
Hamyurtimiz musobaqada turkiyalik Mert Ozdemirni 7:6, 6:0, 1/8 final bahsida ruminiyalik Dragosh Kazakuni 6:2, 4:6, 6:3, 1/4 final uchrashuvida italiyalik Aleksandr Veysni 6:3, 6:2 hisobida yengdi.
Endi Sergey Fomin final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda ispaniyalik Maks Gurri Alkalaga qarshi kortga chiqadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA