Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sergey Fomin endi “Challenger”da g‘olib bo‘lmoqchi
09:54 / 2025-11-25

Bahrayn poytaxti Manama shahrida tennis bo‘yicha “Challenger” tasnifiga kiruvchi xalqaro turnirda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sergey Fomin muvaffaqiyatli start oldi.

Sergey Fomin musobaqaning ilk bosqichida AQSH vakili Dali Blanchga qarshi uch set o‘yin o‘tkazib, yakunda 6:7, 7:6, 6:3 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritdi. Endi tennischi 1/8 final bosqichida germaniyalik Maksimilian Homberg va tunislik Aziz Uaka o‘rtasidagi bahs g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, 16 noyabr kuni Bahrayn poytaxti Manama shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan “Fyuchers” tasnifidagi halqaro turnirda Sergey Fomin bosh sovringa ega chiqqan edi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA