Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sergey Fomin chorak final ostonasidagi raqibini kutmoqda
16:45 / 2025-05-20

Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida tennis bo‘yicha "Chellenjer" turkumiga kiruvchi xalqaro turnirda Sergey Fomin asosiy to‘r bahslarini muvaffaqiyatli boshladi.

Tennischimiz yakkalik bellashuvlarining ilk davrasida gruziyalik Aleksandr Bakshiga qarshi kortga chiqdi. Uch set davom etgan ushbu o‘yinda Sergey 6:3, 6:7, 6:1 hisobida zafar quchdi va 1/8 final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 

Endi mukofot jamg‘armasi 60 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi turnirning chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun Sergey Fomin boshqa gruziyalik raketka ustasi Saba Purtseladze bilan kuch sinashadi. 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA