English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sergey Fomin Bahraynda ikkinchi bo‘ldi
10:48 / 2025-11-10

Bahrayn poytaxti Manama shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida tashkil etilgan M15 toifasiga kiruvchi xalqaro turnirda mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennischisi Sergey Fomin muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Sergey Fomin musobaqaning juftlik bahslarida neytral tennischi Daniil Golubev bilan tandem hosil qilib, dastlabki davrada Jami Krattiger va Chun Ming Yim juftligini 6:0, 6:1, chorak final bosqichida neytral tennischi Ivan Nedelko va ruminiyalik Valentin Vantani 6:3, 3:6, 10:7, yarim finalda rossiyalik Timofey Derepasko va italiyalik Lorenzo Lorussoni 1:6, 6:4 10:5 hisobida taslim etdi.

Shu tariqa, Sergey va Daniil tandemi finalga qadar o‘tgan barcha bahslarda zafar quchib, musobaqa vitse-chempioniga aylandi. 

Darvoqe, mazkur musobaqaning yakkalik bahslarida Sergey Fomin chorak finalga qadar yetib bordi. 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA