French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sergelida polvonlar bellashdi
22:05 / 2022-03-13

Fotoreportaj

Poytaxtimizning Sergeli tumanidagi 1-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabida turli yosh toifasida kurash bo‘lib o‘tdi.

Sergeli tuman prokurori sovrini uchun o‘tkazilgan musobaqada Toshkent shahrining barcha tumanidan uch yuz nafarga yaqin polvon g‘oliblik uchun gilamga chiqdi. Shiddatli va murosasiz kechgan bahslar yakunida o‘z vazn toifasida Ramziddin Muhammadiyev (27 kg), Saidakbar Hayitov (33 kg), Barkamol Toshpo‘latov (40 kg), Husniddin Boboqulov (55 kg), Umrzoq Qurbonmurodov (65 kg), Farruh Hamdamov (65 kg), Javohir Xurramov (73 kg), Humoyun Qarshiyev (73 kg), Umar Bozorov (90 kg), Erkin Qozoqov (+90 kg), Malika Qahhorova (63 kg)ga teng keladigani topilmadi.

Turnir g‘olib va sovrindorlariga diplom va qimmatbaho sovg‘alarni Toshkent shahar prokurori o‘rinbosarlari, Sergeli tuman sektorlar rahbarlari tantanali ravishda topshirdi. 


[gallery-6128]
Muhammad AMIN (surat), O‘zA