Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sergelida bojxonachilar eksportyor korxonalarga amaliy yordam ko‘rsatishmoqda
13:01 / 2022-06-03

bugungi kunda  bojxona organlari xodimlari tomonidan korxonalarga amaliy yordam berish, ularga bojxona sohasidagi amalga oshirilayotgan islohotlar, ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari N.Salimjonov hamda “Sirg‘ali” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari bilan Sirg‘ali tumanida joylashgan korxonalarga tashrif buyurishdi.

Tashriflar davomida boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari N.Salimjonov korxona vakillariga bojxona sohasida yaratilayotgan qulayliklar, sohada qilinayotgan farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati haqida tushuntirib,  korxona vakillarining bojxona sohasini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarini tingladi.

bugungi kunda «AYSEL ENERGY» korxonasi past va kuchlanishli uskunalar ishlab chiqarmoqda. Korxona 2019 yilning may oyida tashkil etilgan bo‘lib, 165 ga yaqin ish o‘rniga ega. 3000 kvadrat maydonda joylashgan korxonaning umumiy loyiha qiymati 8 million yevroni tashkil qiladi. 

Ishlab chiqarish quvvati yiliga 100 ming donadan iborat. Ayni paytda esa ishlab chiqarish jarayoni avjida.

“ROKA-CELL” qo‘shma korxona shaklidagi mas’uliyati cheklangan jamiyati esa kauchukdan issiqlik izolyatsiyasini ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalardan biri hisoblanadi. Har yili ushbu korxonadan 3 ming tonna tayyor mahsulot ishlab chiqariladi.

Korxona loyiha qiymati 2 million AQSH dollarni tashkil etadi. 2021 yilda tashkil topgan korxonada 50 nafar xodimni ish bilan ta’minlagan. 

bugungi kunda mazkur korxonaning eksport ko‘rsatkichlari ham yuqori darajada. Joriy yilning o‘zida korxona eksport hajmini 1,5 ming tonna tayyor mahsulot ishlab chiqarishga erishmoqchi. 

Umuman olganda, joriy etilayotgan barcha chora-tadbirlar tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Qolaversa ularning erkin faoliyat yuritishini ta’minlash, ichki bozorni raqobatdosh mahsulotlar bilan to‘ldirgan holda eksport hajmini oshirishdan iborat. 

 

Sabina Masharipova 

O‘zJOKU talabasi.