Sergeli va Yangihayot tumanlarida gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi
Toshkent shahar hokimligining xabar berishicha, poytaxtimizning Sergeli va Yangihayot tumanlari gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi. Shu sababli, ushbu tumanlarning ba’zi mahalla va ko‘chalarida 2-aprel kuni gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi.
Sergeli tumanining «Qumariq», «Oltin vodiy», «Uchuvchilar» mahallasida 10:00 dan 18:00 gacha;
Yangihayot tumanining «Yangi Darxon» mahallasi hamda Navro‘z ko‘chasidagi 80 ta yerli xonadon, 3 ta ulgurji iste’molchida 14:00 dan 17:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi.
Ushbu noqulayliklar uchun «Hududgaz Poytaxt» GTF uzr so‘raydi, deyiladi xabarda.
Sh.Mamaturopova,
O‘zA