French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sergeli tuman hokimining tuman aholisiga murojaati tinglandi
14:47 / 2021-12-15

Avval xabar berilganidek, shu kunlarda Toshkent shahrida xalq deputatlari tuman Kengashlarining navbatdagi sessiyalari o‘tkazilib, ularda tuman hokimlarining murojaatlari tinglanmoqda.

Bugun xalq deputatlari Sergeli tuman Kengashining II-chaqiriq ellik to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda xalq deputatlari Sergeli tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, bo‘lim va boshqarma, korxona-tashkilot rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari hamda mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Sessiyada Sergeli tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining bajarilishi hamda 2021 yil yakunlari va 2022 yilga mo‘ljallangan istiqbolli rejalar yuzasidan Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurovning murojaati tinglandi.

Murojaatda qayd etilishicha, joriy yil davomida Sergeli tumanida har bir sohada keng ko‘lamli ishlar olib borilib, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shildi. Xususan, hisobot davrida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 4 trillion 521,5 milliard so‘mga to‘g‘ri kelib, o‘sish sur’ati 114,8 foizni tashkil etgan.

Hududiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1 trillion 981,6 milliard so‘m bo‘lib, o‘sish sur’ati 106,5 foizni tashkil etgan. Shuningdek, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishda o‘sish sur’ati 112,1 foizni tashkil etgan. Pudrat-qurilish ishlari esa 1014,1 milliard so‘mga to‘g‘ri kelib, o‘sish sur’ati 148,9 foizni tashkil etgan.

Shuningdek, murojaatda aholini ijtimoiy himoya qilish, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” doirasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar xususida ham batafsil ma’lumotlar berildi.

Sessiyada Sergeli tumanida 2022 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan prognoz ko‘rsatkichlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Ta’kidlanganidek, hududni  rivojlantirish, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha maxsus dastur asosida keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish choralari ko‘riladi.

Sessiyada ko‘rilgan masalalar yuzasidan deputatlar va tuman faollari o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Yakunda xalq deputatlari Sergeli tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

 

Muhtarama Komilova, O‘zA