Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sergeli: aholining uzoq yillik muammosi bartaraf etildi (+video)
15:40 / 2024-10-11

Yodingizda boʻlsa, avvalroq “Sergeli-8” mavzesi, “Sohibqiron” mahallasi 71-koʻp xonadonli uyda yashovchi fuqarolar OʻzAga murojaat yoʻllab, oʻzlari istiqomat qilib kelayotgan uyning yertoʻlasidagi quvurlar yorilib namgarchilikdan chivinga toʻlib borayotgani, aholi eski liftda tez-tez qamalib qolayotgani, taʼmirtalab tom va boshqa kamchiliklardan shikoyat qilgan edi.

Murojaatga Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmasi hamda Sanepidqoʻmita Toshkent shahar boshqarmasi vakillari eʼtibor qaratdi.    

Ayni paytda masʼullar tomonidan asosiy kamchiliklar bartaraf etilgan, aholi esa uzoq yillik muammolar hal etilganidan xursand.    

8-oktyabr kuni OʻzA jamoasi yana ushbu manzilda boʻldi va aholiga mikrofon tutdi.  Batafsil                                                      M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, U.Toʻxtayev, OʻzA

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/3CViWT4Bvik" title="Aholining uzoq yillik muammosi bartaraf etildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, U.To‘xtayev (video), O‘zA