Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Serena Uilyams Amerika maktablariga 4 million dona niqob tarqatishga yordam beradi
14:20 / 2020-08-02

Aksiya doirasida, shuningdek, oʻquv materiallari ham taqdim etiladi.


Amerikalik nomdor tennischi ayol, jahonning sobiq birinchi raketkasi egasi Serena Uilyams namunali aksiya ishtirokchisiga aylandi. Yaʼni, yaqin orada AQSHdagi maktablarga 4,25 million dona himoya niqoblari ajratiladi.

Mashhur egizaklarning kichigi – Serena ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozishicha, u Maktab kengashlari milliy assotsiatsiyasi hamda kiyim ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona va nashriyot bilan hamkorlikda taʼminot darajasi past boʻlgan maktablar oʻquvchilari uchun shaxsiy himoya vositalari yetkazib berish orqali homiylik tadbirida qatnashadi. Aksiya doirasida, shuningdek, oʻquv materiallari ham taqdim etiladi.

“Men bu haqda maktablarimizga xabar qilish va oʻquvchilarga yordamlashish imkoniga ega boʻlganimdan xursandman”, - deydi 38 yoshli sportchi.