Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Serdaromad soha
15:31 / 2017-03-09

Prezidentimiz rahnamoligida qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, ayniqsa, fermerlik harakatini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor aholi turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Prezidentimiz rahnamoligida qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, ayniqsa, fermerlik harakatini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor aholi turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Bugungi fermer paxtachilik va g‘allachilikdan tashqari, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik kabi turli yo‘nalishlarda samarali faoliyat yuritib, yangi-yangi marralarni zabt etmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotir. Jumladan, quyonchilikni rivojlantirish, bu borada naslchilik ishlarini takomillashtirish va ushbu yo‘nalishga ixtisoslashgan ko‘p tarmoqli agrofirmalar tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xo‘jayli tumanidagi “Plutos Lapin” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi agrofirma quyonchilikka ixtisoslashgan. Yangi Zelandiya quyonlari parvarishlanayotgan agrofirma yuqori sifatli mo‘yna yetishtirish, aholiga parhez go‘sht yetkazib berishda ulkan muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Bankdan olingan 400 million so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘i agrofirma faoliyati rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Bu yerda ko‘paytirish uchun xorijdan 114 bosh Yangi Zelandiya quyoni keltirildi.

– Quyonlar mahalliy iqlim sharoitimizga tez moslashmoqda, – deydi agrofirma rahbari Maqset Allaniyozov. – Jonivorlarni turli kasalliklardan asrash uchun tuman veterinariya stansiyasi mutaxassislari bilan hamkorlikda emlamoqdamiz. “Mikrokreditbank”dan olingan kredit mablag‘ining 228 million so‘miga rekonstruksiya ishlari bajarildi. Yuz million so‘mga quyonlar yashashi uchun qulay sharoit yaratdik, o‘zimizda yem tayyorlaydigan sex qurdik. Bu quyonlar yiliga to‘rt marta bolalaydi. Ular sonini 10 ming boshga yetkazib, yiliga 2 tonna parhez go‘sht yetishtirishni rejalashtirganmiz.

Agrofirmada ish samaradorligini yanada oshirish, mintaqada quyon boqayotgan fermer xo‘jaliklari va xususiy tadbirkorlar bilan shartnoma tuzib, quyon go‘shti va terisini qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish, ishlab chiqarilgan mahsulotni eksport qilish bo‘yicha ham muayyan ishlar amalga oshirilayotir. Foydalanilmay turgan “Avtokemping” binosi 1 milliard so‘m investitsiya kiritish va 60 ish o‘rni yaratish sharti bilan “nol” qiymatda xarid qilindi. Bu yerda 4 ming boshga mo‘ljallangan quyonxona, 400 tonna poliz-sabzavot mahsulotlari saqlanadigan muzlatgichli omborxona qurish rejalashtirilgan. Ayni paytda bunyodkorlik ishlari avjida. Inshoot Navro‘z umumxalq bayramida foydalanishga topshiriladi, bu 20 ish o‘rni yaratish imkonini beradi.

Agrofirma tasarrufiga berilgan Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi yaqinidagi 4 gektar maydonning 2 gektarida Janubiy Koreya texnologiyasi asosida zamonaviy issiqxona qurish ham rejalashtirilgan.