Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi “Ing‘irchoq” mahallasida istiqomat qiluvchi tadbirkor Zohidjon Egamberdiyev xonadonida noyob qushlar va parrandalar parvarishlanmoqda. Asli kasbi quruvchi bo‘lgan xonadon sohibining qiziqishi bugun barqaror daromad manbaiga aylangan.
Uch yildan buyon u Italiya bedanasi, Turkiya to‘tisi, Afrika va Osiyo savalari kabi turli mamlakatlardan keltirilgan o‘nlab turdagi qushlarni boqib kelmoqda. Ayni paytda qushlar soni 100 dan oshgan, yoz mavsumida esa 500 tagacha yetadi.
— Qush boqish men uchun xobbi emas, samarali biznes, - deydi Zohidjon Egamberdiyev. — Bir qush yil davomida 15–18 tagacha bola ochadi.
[gallery-27507]
Qo‘qon va Marg‘ilon qush bozorlarida uch oylik qushlar 500–600 ming so‘mdan, bir yoshlilari esa taxminan 100 dollardan baholanmoqda. Ayrim noyob turlar 1–3 ming dollargacha sotilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar orqali ham qush savdosiga talab ortib bormoqda.
Shuningdek, xonadonda Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoydan keltirilgan 20 ga yaqin noyob tovuq zotlari ham parvarishlanmoqda. Ayrim tovuqlar bir kunda 2 tagacha tuxum berib, ular bozorda 15–20 ming so‘mdan sotilmoqda. Jo‘jalar 60–80 ming, katta tovuqlar esa 350–400 ming so‘m atrofida baholanadi.
Xonadonda inkubatsiya sexi tashkil etilgan bo‘lib, oyiga 100 boshga yaqin naslli jo‘ja mahalladoshlarga yetkazib berilmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/--Az_YOrQiw" title="Serdaromad tadbirkorlik manbai" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muqimjon QODIROV (surat va video), O‘zA