Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Serbiyada vazir otishma tufayli lavozimini topshirmoqchi
15:38 / 2023-05-08

Serbiya ta’lim vaziri Branko Rujich Belgraddagi maktabda sodir bo‘lgan otishma ortidan iste’foga chiqishga qaror qildi.

"Tanjug" agentligi xabariga ko‘ra, Rujich Bosh vazir Ana Brnabichga iste’fo so‘rab, maktub yo‘llagan. Shuningdek, mulozim halok bo‘lganlarning oila a’zolari, yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

3 may kuni poytaxt markazidagi maktabda o‘quvchi o‘t ochishi natijasida 9 kishi halok bo‘ldi. Qurbonlarning 8 nafari o‘quvchi, biri qo‘riqchi edi. jarohat olgan 6 bola kasalxonada.