Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Serbiya Rossiya va Ukraina nizosi tinch yo‘l bilan hal etilishi tarafdori
13:01 / 2022-01-28

Serbiya Rossiya va Ukraina ziddiyatiga tinch yechim topishga chaqirdi hamda bu jarayonda o‘zining vositachilik xizmatini taklif etdi, deyiladi "TASS" xabarida.

Mamlakat tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Nemanya Starovich mamlakat milliy televideniyesidagi chiqishida “Rossiya va Ukraina ziddiyatida biz hech bir jihatdan qaysidir tomonga yon bosmaymiz. Ziddiyat yechimi uchun imkon  darajasida o‘z xizmatimizni taklif qilishga tayyormiz. Shu o‘rinda Belgrad uch yil oldin Vashington va Rossiya maxsus vakillari uchun Minsk kelishuvi bo‘yicha muzokara maydoni bo‘lganini eslatishim mumkin”, dedi Starovich.