Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sentyabr oyida Qoraqalpog‘istonda yirik Investitsiya forumini o‘tkazish reja qilingan
20:00 / 2024-08-19

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish davom etmoqda.

Nukus shahrida 1 million dollar, qolgan tumanlarda 300 ming dollar investitsiya kiritish sharti bilan Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi qarori asosida yer uchastkalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilayapti.

Kichik investitsiyalarga ham yer to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilsa, investorlar Nukus shahri, tuman markazlari va yo‘l bo‘ylarida kamida 2 ming aholini ish bilan ta’minlamoqchi.

Davlatimiz rahbari bunday kichik va o‘rta loyihalarga yerni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish taklifini ma’qulladi.

Umuman, Qoraqalpog‘istonda amalga oshirsa bo‘ladigan yana 9,5 milliard dollarlik 120 ta istiqbolli loyihalar tayyorlangan.

Sentyabr oyida Qoraqalpog‘istonda yirik Investitsiya forumini o‘tkazish reja qilingan. Mas’ullarga forumga puxta tayyorgarlik ko‘rish topshirig‘i berildi.

O‘zA