Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Sening joningdan o‘tgani begonaning yonidan ham o‘tmaydi"
10:50 / 2022-07-04

Sanitariya-epidemiologik barqarorlikning ahamiyati nechog‘lik yuqori ekanligiga barchamiz koronavirus pandemiyasi davrida guvoh bo‘ldik. Afsuski shunday tahlikali damlarda yurtimizning ko‘plab ziyolilarini, shu jumladan qoraqalpoq elining fidoyi insonlarini ham yo‘qotdik.

O‘z vaqtida ko‘rilgan favqulodda choralar tufayli biz hozirgi barqaror epidemik vaziyatga ega bo‘lib turibmiz.  

Qoraqalpog‘iston Respublikasida anchadan beri koronavirus kasalligi qayd etilmayotganligi, qayd etilgan taqdirda ham bir ikkitadan oshmayotganligi, aynan Prezidentimiz tashabbusi bilan mazkur hudud tibbiyot muassasalari imkoniyatlarining kengaytirilganligi, ularda qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratilgani bilan bevosita bog‘liq. Respublika hududidagi mavjud endemik o‘choqlarning faollashib ketishiga yo‘l qo‘ymayotganligimiz va sanitariya-epidemiologik barqarorlikni ushlab turganimiz osonlikcha bo‘layotgani yo‘q.  

Har xil namoyishlar va tartibsizliklarda ishtirok etish barobarida, ijtimoiy masofani unutib qo‘yish, bilib-bilmay bemorlar bilan yaqin muloqotda bo‘lish nafaqat koronavirus infeksiyasi balki, boshqa qator yuqumli kasalliklar bo‘yicha erishilayotgan epidemik barqarorlikni bir zumda murakkablashtirib yuborishi tayin. Pandemiya bergan saboqlardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, barchamiz ongu-tafakkurimizni, aql-idrokimizni ishga solishimiz, his-tuyg‘ularimizni esa jilovlay olishimiz kerak.  

Pandemiya davriga qaramasdan byudjetdan ajratilayotgan mablag‘lar hajmi 3 barobarga oshirilib, 383 milliard so‘mdan 1 trillion 300 milliard so‘mgacha ko‘tarildi. Ayniqsa dori-darmonga ajratilayotgan mablag‘lar miqdori 4 barobarga oshirilib, 81 milliard so‘mga yetkazildi. Birlamchi tizimda 74 turdagi dori vositalari va 46 turdagi tibbiy buyumlar aholiga bepul ta’minlanishi yo‘lga qo‘yildi. Davolash-profilaktika muassasalarining zarur dori-darmonlar bilan ta’minlanishi oxirgi 5 yilda 85 foizga yetkazildi.  

Bilib qo‘ying, yuqumli kasalliklar bo‘yicha vaziyat murakkablashgudek bo‘lsa, birov chetdan kelib muammolarimizni yechib bermaydi. Aksincha, murakkab vaziyatning yuzaga kelishiga xayrixoh bo‘lganlar, eng birinchi tomoshabinlarga aylanishadi. Bejizga xalqimiz tomonidan "Sening joningdan o‘tgani, begonaning yonidan o‘tmaydi" degan naql aytilmagan.  

Biz qoraqalpoq xalqi bilan juda ko‘p sinovlardan yorug‘ yuz bilan chiqqanmiz, hozirgi murakkab vaziyatdan ham aynan shunday yorug‘ yuz bilan chiqishimizga ishonaman.  

Nurmat Otabekov,  

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik  

va jamoat salomatligi xizmati  

boshlig‘i o‘rinbosari

O‘zA