Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senegalning hukmron koalitsiyasi parlamentdagi ko‘pchilikni yo‘qotdi
11:09 / 2022-08-05

Usmon Sonko boshchiligidagi “Yuvi Askan Vi” (Xalqni ozod qilish) muxolifat partiyasi 56 o‘rinni, yana bir ittifoqchi “Vallu Senegal” esa 24 o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi xabar berdi.

Senegal Prezidenti Makki Sallning hukmron koalitsiyasi Respublikachilar alyansi (APR) mamlakatda 31 iyul kuni bo‘lib o‘tgan umumiy saylovda Milliy assambleyadagi mutlaq ko‘pchilikni boy berdi.

Ovozsanash milliy komissiyasi raisi Ali Ba o‘z bayonotida APR parlamentdagi 165 o‘rindan 82 tasini qo‘lga kiritganini aytdi.

Qolgan 3 ta o‘rin kichik koalitsiyaga nasib etdi. Bahsli masala bo‘yicha partiyalar Konstitutsiyaviy kengashga murojaat qilishi mumkin. Yakuniy natija kelasi hafta oxirigacha e’lon qilinadi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA