Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senatorlar tibbiyot va farmatsevtikaga oid qonunni takomillashtirishni tavsiya qildi
10:47 / 2025-08-02

Senat yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholiga tibbiy yordamning kafolatlangan hajmiga kiradigan xizmatlarni ko‘rsatish, shuningdek tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining kasbiy faoliyatini amalga oshirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi.

Qonunga asosan oliy yoki o‘rta maxsus, professional tibbiy ta’lim tashkilotlarini tamomlagan va davlat ro‘yxatidan o‘tgan shaxslargina tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, unda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmidan ortiqcha tibbiy xizmatlar va boshqa xizmatlar qo‘shimcha xizmatlar bo‘lib, ular pulli asosda amalga oshirilishi belgilanmoqda.

[gallery-24594]

Muhokama jarayonida senatorlar tomonidan ushbu qonunda qayta ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan ayrim masalalar mavjudligi ta’kidlandi. Jumladan, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning asosiy tartib-taomillarini qonun darajasida belgilash maqsadga muvofiqligi, qonunga tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish maqsadi, asoslari, ro‘yxatdan chiqarish asoslari, bu harakatlarning oqibatlari, shuningdek, ro‘yxatning ochiq bo‘lishi, undan aholi foydalanishi kabi masalalarni kiritish lozimligi qayd etildi.

“Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi qonunning 14-moddasida ma’muriy tartib-taomillarning mavjud emasligi ma’muriy tartib-taomillar bilan bog‘liq bo‘lgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar jumlasiga kiritilgan.

Shularni inobatga olib, ushbu qonunni qayta ko‘rib chiqish lozimligi to‘g‘risida Senat qarori qabul qilindi.

N.Abduraimova, N.Haydarov (surat), O‘zA