English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senatorlar mahalla raislari va faollari bilan uchrashdi
14:18 / 2023-04-16

Andijon viloyati Marhamat tumanida “Referendum – 2023: kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, faollarining Senatorlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida doimiy asosda ishlovchi, Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, horijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Ravshanbek Alimov, Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlarining faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi raisi, Mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tolibjon Madumarov ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni loyihasi, joriy yil 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan umumxalq referendumi xususida so‘z yuritildi.  

[gallery-11481]

Uchrashuvda umumxalq muhokamalarida 200 mingdan ko‘proq takliflar kelib tushganligi, mavjud 128 ta moddaga 27 ta yangi modda qo‘shilib, ularning soni 155 taga yetkazilganligi, Konstitutsiya loyihasi deyarli 65 foizga yangilanganligi  aytib o‘tildi.  

Shuningdek, uchrashuvda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbeksiton Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni loyihasining ahamiyati, mazmun-mohiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Yangilanayotgan Konstitutsiyaga inson qadrini ulug‘lash g‘oyasi asos qilib olinganligi,  qolaversa, xalqimizning iroda va takliflari asosida ishlab chiqilgan qonun loyihasi millatimiz, yurtimiz ravnaqiga, fuqarolar haq-huquqlari himoyasini mustahkamlashga xizmat qilishi, adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi ulkan qadam bo‘lishi alohida ta’kidlandi.  

Uchrashuvda so‘z olgan mahalla raislari, faollari umumxalq referendumida faol ishtirok etishlarini, yangilanayotgan Konstitutsiyamizni qo‘llab-quvvatlab ovoz berishlarini bildirdi.  

 

F. UBAYDULLAEV,

Z. UMRZOQOV (surat),

O‘zA