French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senatorlar diplomatik faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq takliflar bildirdi
09:44 / 2025-12-10

Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasining majlisida O‘zbekistonning Indoneziya, Malayziya, Saudiya Arabistoni, Singapur va Yaponiyadagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining hisobotlari eshitildi.

Elchilarning faoliyati asosan ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, oliy va yuqori darajadagi tashriflar doirasida imzolangan “yo‘l xaritalari” ijrosini ta’minlash, investitsiyalarni jalb etish, milliy mahsulotlar eksportini kengaytirish, xorijiy turistlar oqimini oshirish hamda mamlakatimiz fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilayotgani qayd etildi.

Indoneziya bilan munosabatlarida energetika, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va transport-kommunikatsiya yo‘nalishlarida qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish masalalariga alohida e’tibor berilmoqda.

Malayziya bilan sanoat kooperatsiyasi, raqamli iqtisodiyot va yuqori texnologiyalar sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlik loyihalari amalga oshirilmoqda.

Saudiya Arabistoni bilan neft-gaz kimyosi, energetika, infratuzilma va haj turizmi kabi strategik yo‘nalishlarda ikki tomonlama hamkorlik rivojlanmoqda.  

Singapur bilan moliya, logistika, innovatsion ekotizimlar hamda shaharsozlik sohalarida sheriklik aloqalari izchil kengayib bormoqda.

Yaponiya bilan aloqalar doirasida “yashil iqtisodiyot”, mashinasozlik, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Majlisda senatorlar diplomatik faoliyat samaradorligini oshirish, tashqi iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, turizm sohasida yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha aniq takliflar bildirdi.

Muhokama yakunida tegishli tavsiya va xulosalar qabul qilindi hamda ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

N.Abduraimova,

O‘zA