French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senatordan tashabbus: Quvada aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda
10:03 / 2021-04-09

Yurtimizda tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inini kuchaytirish, ayniqsa, qishloq va mahallalarda tibbiy xizmatni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ona va bola sog‘lig‘ini muhofaza qilish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Ayniqsa,  Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilida bu ishlarning ko‘lami yanada kengaymoqda. Quva tumanida “Ayollar daftari”dagi xotin-qizlarning 273 nafari tibbiy himoyaga muxtoj ekanligi ham tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilanishini taqozo etmoqda.  

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi, Farg‘ona viloyati “Ona va bola” skrining markazi direktori Manzura Salimovaning tashabbusi bilan Quva tumanida aholi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Viloyat “Ona va bola” skrining markazi, "Sog‘lom avlod uchun" xalqaro xayriya jamg‘armasi viloyat hududiy filiali bilan hamkorlikda “Chilon” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan tibbiy ko‘rik aholi salomatligini mustahkamlash yo‘lidagi tadbirlardan biri bo‘ldi.

– Tibbiy ko‘rikda nevropatolog, endokrinolog, akusher-ginekolog, terapevt, pediatr, neonatolog ishtirok etayotgani aholi uchun katta qulaylik yaratdi, – deydi senator Manzura Salimova. – Shuningdek, UTT apparati yordamida tekshiruvlar o‘tkazilib, ularga zarur tibbiiy maslahat berildi. Quvonarlisi, bugungi kunda aholining o‘rtasida tibbiy madaniyat shakllanmoqda, ular sog‘liqlari uchun qayg‘urishmoqda. Bu ham mamlakatimizda tibbiy sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning oddiy odamlar hayotida aks etayotganligidan dalolat.

Shu kuni malakali shifokorlar tomonidan 250 nafarga yaqin aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy yordamga muhtojlarga zarur muolajalar tayinlandi. "Sog‘lom avlod uchun" xalqaro xayriya jamg‘armasi viloyat hududiy filiali tomonidan aholiga bepul dori-darmonlar tarqatildi.

– To‘rt yil burun yiqilib tushib, o‘ng oyog‘im qattiq shikastlangan, –deydi shu mahallada yashovchi, 62 yoshli Havasxon Qoraboyeva. – Har yili davolanishga to‘g‘ri keladi. Viloyat markazidan shifokorlarning kelgani ayni muddao bo‘ldi. Sog‘lig‘imda ba’zi muammolar bor edi, bugun o‘zim uchun kerakli maslahatlarni oldim.

[gallery-1961]

M.Sulaymonov,  

M.Qodirov(surat), O‘zA