Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senator “Xalq diplomati” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
16:35 / 2025-10-15

2022 yilda Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ning Xalq diplomatiyasi markazi muvofiqlashtiruvchi kengashi qarori bilan “Xalq diplomati” ko‘krak nishoni ta’sis etilgan.

Toshkent shahrida “Xalq diplomati” ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Mamlakatimiz ravnaqi yo‘lidagi ko‘p yillik samarali faoliyati, yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash va tarbiyalash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Oral Ataniyazova mazkur nufuzli mukofot bilan taqdirlandi.

Ta’kidlash joizki, ushbu ko‘krak nishoni SHHTga a’zo davlatlar va O‘zbekistonda xalqlar o‘rtasida do‘stlik va ishonchni mustahkamlash, madaniy va gumanitar aloqalarni rivojlantirish, fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida samimiy hamkorlik muhitini yaratishga munosib hissa qo‘shgan obro‘-e’tiborli shaxslarga taqdim etiladi.

N.Abduraimova, O‘zA