Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senator va deputatlar nurobodlik terimchilar huzurida
19:20 / 2020-09-22

Samarqand viloyatidagi paxtachilik klasterlari va fermer xoʻjaliklari tomonidan joriy yilda 75 ming 580 gektar maydonda paxta yetishtirilib, 215 ming 500 tonna hosil olish uchun puxta zamin hozirlandi.


Samarqand viloyatidagi paxtachilik klasterlari va fermer xoʻjaliklari tomonidan joriy yilda 75 ming 580 gektar maydonda paxta yetishtirilib, 215 ming 500 tonna hosil olish uchun puxta zamin hozirlandi.

Ayni paytda viloyatning ayrim hududlarida paxta yigʻim-terimi boshlandi. Jumladan, Nurobod tumanidagi 31 ta fermer xoʻjaligi bu yil 632 gektar maydonda gʻoʻza parvarishlab, hozirda yetishtirilgan hosilni yigʻishtirib olishga kirishgan. Paxta xom ashyosi “Samarqand kamalak invest” klaster korxonasi tomonidan qabul qilinmoqda.
photo_2020-09-22_19-15-21.jpg

– Mahallalarda istiqomat qiluvchi 1200 nafardan ortiq ishsiz, mehnatga layoqatli kishilar bilan belgilangan tartibda shartnoma tuzilib, 14 ta terim otryadi tashkil etganmiz, – deydi tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazi boshligʻi I.Berdiqulov. 

– Ularga oʻz haq-huquqlari, mehnatga oid munosabatlar tushuntirilgan. Majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan mahalla raislarlari ham, fermerlar ham ogohlantirilgan. Hozircha qonunbuzilishi holatlari qayd etilmadi, bu haqda murojaatlar ham tushmadi.

photo_2020-09-22_19-15-24.jpg

Shu kunlarda viloyatda boʻlib turgan Oliy Majlik Senati aʼzolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat guruh Nurobod tumani paxta dalalarda boʻlib, terimchilar uchun yaratilgan shart-sharoit bilan tanishdi, ular bilan suhbatlashdi.

– Bugun dalalarda qiygʻos ochilib turgan hosilning oʻz egasi bor – fermer, klaster korxonalari mehnati samarasini ham oʻz vaqtida, sifatli yigʻishtirib olishni istaydi, – deydi Oliy Majlis Senati aʼzosi F.Boqiyev. 

photo_2020-09-22_19-15-33.jpg

– Lekin baribir paxta yigʻim-terimida mahalla aholisi, mavsumiy ishchilar mehnatidan foydalanishga toʻgʻri keladi. Yaxshi bilasiz, endilikda bu jarayonni avvalgidek odamlarni yoppasiga dalaga chiqarish bilan amalga oshirish mumkin emas. Bu borada tegishli huquqiy asoslar yaratilib, majburiy mehnatga yoʻl qoʻyilmaydi.

Biz ham joylarda boʻlganimizda bu haqda terimchilar va fermerlar bilan suhbatlashyapmiz. Terimchilarga kunlik haq toʻlanayotgani, dalaning oʻzida issiq ovqat va boshqa sharoitlar yaratilgani tufayli aholining oʻzi koʻngilli ravishda chiqib, daromad qilayotganiga guvoh boʻldik.