French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senator Surxondaryoda targ‘ibot ishlarini olib bormoqda
18:43 / 2022-03-29

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Odiljon Iminov Surxondaryo viloyatida bo‘lib, Oliy Majlis Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisida ma’qullangan qonunlar va ko‘rib chiqilgan boshqa masalalar mazmun-mohiyatini joylarda keng targ‘ib qilmoqda.

“Yuksalish” umummilliy harakati viloyat bo‘limi majlislar zalida bo‘lib o‘tgan ana shunday tadbirlardan biri videoselektor tarzida tashkil etildi. Markaziy studiyada viloyatdan saylangan senatorlar, xalq deputatlari viloyat kengashi kotibiyati mudiri, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi viloyat komissiyasi raisi va a’zolari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.  

Tuman va shahar studiyalarida xalq deputatlari tuman, shahar kengashi kotibiyati mudirlari va mutaxassislari, fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi tuman, shahar  komissiyasi raislari va a’zolari, tuman, shahar hokimligi matbuot xizmati rahbarlari, ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifasiga ega blogerlar qatnashdi.  

Surxondaryo viloyatiga biriktirilgan senator O. Iminov uchrashuvda  Oliy Majlis Senatining joriy yil 17-19 mart kunlari o‘tkazilgan yigirma to‘rtinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan masalalar haqida atroflicha ma’lumot berdi.  
Qayd etildiki, yalpi majlisda dastlab Tashqi ishlar vazirligining 2021 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi axborot eshitildi. “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida” gi qonuni ko‘rib chiqildi. “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi qonun ham ma’qullandi.

Senatorlar tomonidan ma’qullangan “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga yetkazilgan zararni qoplash tartibini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston REspublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi  qonunlar muhokamasi va mohiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi. Yalpi majlisda “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunni chuqur muhokama etib, rad etganining sabablari tushuntirildi.  

Senator “Korporativ boshqaruv tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi qonun va uning mazmun-mohiyatini tahlil qilib berdi. 
–Mamlakatimizda so‘nggi yillarda qabul qilinayotgan qonunlarda inson qadrini ulug‘lashga alohida e’tibor berilmoqda, – dedi O. Iminov.–Jumladan, mazkur hujjat ham xorijiy davlatlarning ijobiy tajribasi, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining tavsiyalari asosida tayyorlangan bo‘lib, u korporativ boshqaruv samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Aslida monopoliya bor joyda korrupsiya bo‘ladi. Bu masalani davlat ishtirokidagi korxonalarni korporativ boshqaruvning ilg‘or tajribalarini qo‘llash orqali yechish eng samarali usullardan biridir. 

Ishtirokchilar shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisida ko‘rilgan boshqa masalalar va muhokama etilgan qonunlar haqida ham atroflicha ma’lumotga ega bo‘ldi. O‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. 

Oliy Majlis Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Odiljon Iminov joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tadigan fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor tarzidagi yig‘ilishda ham so‘zga chiqdi.  

–Ayni paytda viloyatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining shu yil 16 martdagi “Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tadigan saylovga puhta hozirlik ko‘rilmoqda, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi mas’ul xodimi O. Ostanaqulov. – Ushbu tadbirda Oliy Majlis Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan barcha masalalar, qabul qilingan qonunlar bilan yaqindan tanishish barobarida mazkur saylovni yuksak saviyada o‘tkazishning huquqiy asoslari hususida yetarli ma’lumotga ega bo‘ldik. O‘zini o‘zi boshqarish organlari yetakchiligiga eng munosib nomzodlarning ochiqlik, oshkoralik tamoyillari asosida saylanishi mahallalarda yuz berayotgan yangilanishlar samaradorligini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Eng chekka hududlardagi aholining ham turmush darajasini o‘zgartiradi. 
Viloyatga biriktirilgan Odiljon Iminovning joylardagi uchrashuvlari davom etmoqda. 

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA