Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senator murojaatlarni joyiga chiqib o‘rgandi
11:57 / 2022-02-23

Oliy Majlis Senati a’zolari joylarda bo‘lib, aholi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi, tashkilot va muassasalarga borib, o‘rganish ishlarini olib bordi.

Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Narimon Umarov Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchi fuqarolar bilan uchrashib, Senatga kelib tushgan 10 ga yaqin murojaatlarni mutasaddi idoralar vakillari bilan birgalikda ko‘rib chiqdi.

Fuqarolar asosan prokuratura qarorini bekor qilish, ochilgan jinoyat ishini qaytadan qonun doirasida ko‘rib chiqish, sud qaroridan norozilik, sog‘liqni saqlash xodimlarining harakati va harakatsizligidan norozilik, qonunni buzgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish kabi masalalarda murojaat qilishgan.  


 
Aholi murojaatlarida ko‘rsatilgan muammolarni joylarning o‘zida bartaraf etish  yuzasidan tuman hokimligi va davlat idoralari vakillari, shuningdek, hududiy mutasaddi rahbarlarga ko‘rsatmalar berildi. Olmazor tumanida yashovchi M.Mirhaydarov, M.Qorabayev, A.Privaliyeva va Z.Yoqubovaning murojaatlari qonuniy ko‘rib chiqilishi nazoratga olinib, prokuratura organlariga yuborildi.  
 
Shuningdek, Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi boshchiligidagi ishchi guruh Qarshi shahrida bo‘lib, jinoyatlar va huquqbuzarliklarning oldini olish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, ichki ishlar organlari xodimlariga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.   
 
3-sektorga qarashli “Otchopar” mahalla fuqarolar yig‘inining shimoliy kirish yo‘lida joylashgan boshqarma patrul-post xizmatining tungi vaqtda xizmat ko‘rsatuvchi nazorat kuzatuv maskani joylashgan. Huquqbuzarliklar va jinoyatlarni aniqlashga moslashtirilgan videokuzatuv maskanida bo‘lgan ishchi guruh qonunbuzarliklarni jilovlash borasidagi imkoniyatlar bilan tanishdi.

O‘rnatilgan videokameralar ogohlantiruvchi “SOS” tovushlariga qarab o‘z muvozanatini 360 gradusgacha aylanib, bir yarim kilometrgacha bo‘lgan uzoqlikdagi jarayonlarni to‘liq va aniq tasvirga olib, xotirasiga joylaydi. Bunday zamonaviy texnologiyalarning amaliyotga joriy etilgani ishchi guruh tomonidan ijobiy baholandi.    
 
Senatorlar mahalladagi 44-maktabda ham bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar, ayniqsa, maktabda tashkil etilgan yo‘l harakati xavfsizligi sinfi va undagi ko‘rgazmali jihozlarni ko‘zdan kechirdilar. Tashrif doirasida maktabning faol o‘quvchilariga kitoblar sovg‘a qilindi.  
 
Bundan tashqari, senatorlar Qarshi shahar IIO FMBda bo‘lib, jinoyatlarni jilovlash bo‘yicha shaharda o‘rnatilgan kuzatuv kameralari imkoniyatlarini yuqori baholadi.  


M.Komilova, O‘zA