French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senator murojaatchilar bilan uchrashdi va masalalar hal etildi
16:34 / 2021-02-10

Oliy Majlis Senatida doimiy asosda ishlovchi senatorlar shu kunlarda hududlarda bo‘lib, mahalliy Kengashlar deputatlari, aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

 Ayni paytda Samarqandda bo‘lib turgan Senatining yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev bugun Pastdarg‘om tumanida bo‘ldi.  

 Xalk deputatlar Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati va doimiy komissiyalar raislari bilan muloqot davomida senator parlament yuqori palatasining yaqinda o‘tkazilgan o‘n ikkinchi yalpi majlisida muhokama etilgan masalalar haqida ma’lumot berdi. Davlatimiz rahbarining Murojaatnomasi hamda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini muhofaza qilish yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mahalliy Kengashlarning o‘rni, amalga oshiriladigan ishlar haqida so‘z yuritildi.

 Shundan so‘ng B.Sayfullayev pastarg‘omlik fuqarolarning Oliy Majlis Senatiga yo‘llagan murojaatlarini joyiga borib o‘rgandi. Jumladan, tumanning O‘rta Charxin mahallasida yashovchi tadbirkorlar B.Shokirov va S.Shokirovlarning bank bilan bog‘liq murojaati tomonlar ishtirokida muhokama qilinib, muammoga ijobiy yechim topildi. Shuningdek, Olti qahramon mahallasida istiqomat qiluvchi E.Parmonovning arizasi keng jamoatchilik bilan birga ko‘rib chiqildi.

 

 G‘.HASANOV, A.ISROILOV (surat), O‘zA