Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senator koʻmagida moddiy qiyinchilikka uchragan ayolning muammosi hal boʻldi
16:20 / 2020-09-22

Maʼlumki, Bekobod shahrining Oʻzbekiston va Tojikiston Respublikalari chegarasi oʻtadigan qismida bahsli xududlar mavjud.


Aholi murojaatlari bilan ishlash, yurtdoshlarimizni oʻylantirgan muammolarni imkon qadar hal qilinishini taʼminlash – Oliy Majlis Senati aʼzolari tomonidan amalga oshirilayotgan va kundalik faoliyatning bir qismiga aylanib ulgurgan.

Bu borada olib borilayotgan ishlar natijasida shu paytgacha yechimini topmagan ogʻriqli masalalar bartaraf etilmoqda.

Maʼlumki, Bekobod shahrining Oʻzbekiston va Tojikiston Respublikalari chegarasi oʻtadigan qismida bahsli xududlar mavjud. Bular Bekobod shahriga qarashli “Bunyodkor” va “Jomiy” mahalla fuqarolar yigʻinlari hamda Hamid Olimjon mahallasiga qarashli “Qardoshlik-2” aholi punkti boʻlib, ularda mingdan ortiq fuqaro istiqomat qilib kelmoqda.

Bugungi kunda ushbu mahallalardagi hamyurtlarimizning xavfsizligini taʼminlash, ayniqsa, homilador ayollarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, ularga zarur koʻmak berish va davolanishga muhtojlarga amaliy yordam koʻrsatish oʻta dolzarb muammo boʻlib turgan edi.

Senator Malika Qodirxonovaning bevosita saʼy-harakati bilan mazkur hududdagi 78 nafar fuqaro Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlarining eng soʻlim goʻshalaridagi sanatoriylarga joylashtirildi. Ularning har biriga zarur tibbiy yordam koʻrsatildi.

Qibray tumani Zafarobod qishlogʻida yashovchi Muattar Akramovaning turmush oʻrtogʻi Rossiyadan karantin sabab qaytib kela olmadi. Moddiy qiyinchiliklarga uchragan ayol erining pensiyasini tilxat asosida olish uchun bir necha marta Xalq bankining tegishli filialiga murojaat qildi. Biroq muammo hal boʻlmagach, senator Malika Qodirxonovaga murojaat qildi. Senat aʼzosining bevosita aralashuvi bilan masala yechim topdi, qolaversa, senator tomonidan muhtoj oilaga oziq-ovqat mahsulotlari ham yetkazib berildi.