Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senator fuqarolar huzurida
15:56 / 2025-09-15

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sayyora Abdukarimova Xorazm viloyatida bo‘lib, yaqinda bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senatining o‘ninchi yalpi majlisi mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish hamda yoshlar bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan hududlarda uchrashuvlar o‘tkazdi.

Hazorasp tumanida o‘tkazilgan uchrashuvda so‘zga chiqqan Sayyora Abdukarimova yalpi majlisda jamiyat hayotining barcha sohalari huquqiy asoslarini mustahkamlashga va mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samaradorligini oshirishga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 16 ta masala, shu jumladan, 9 ta qonun ko‘rib chiqilganligini ta’kidlab, har bir qaror yuzasidan yig‘ilganlarga qisqacha ma’lumot berdi.  

–Jamiyat taraqqiyoti, mamlakat rivoji qonun ustuvorligi bilan kafolatlanadi, – deydi  Sayyora Abdukarimova.– Har qanday global sharoitda, har qanday vaziyatda inson huquq va manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, yosh avlod tar’lim-tarbiyasiga yanada jiddiy e’tibor qaratish muhim vazifalardan sanaladi.  Oliy Majlis Senatining o‘ninchi yalpi majlisida ushbu yo‘nalishlarning huquqiy asosini takomillashtirishga oid bir qator qonunlar senatorlar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi hamda qizg‘in fikr-mulohazalar bildirildi. Bugun uchrashuvlarda bilyapmizki, bu masalalar yuzasidan aholida ham qiziqish katta.  

Senatorning aholi bilan uchrashuvlari Urganch shahrida ham davom etdi.  

Viloyat markazida ham yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadiga qaratilgan amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Qariyb 156 ming aholi istiqomat qiladigan Urganch shahrida o‘tgan 2025 yilda ishsizlik darajasi 4,8 foizni tashkil qilgan. Ushbu ko‘rsatkich 2022 yilda 9 foiz bo‘lgan.  

[gallery-25311]

Uchrashuv davomida senatorga murojaat qilgan ishsizlarga tushuntirishlar berilib, ularning bandligini ta’minashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.  

Tadbirda fuqarolar va yoshlar o‘z fikr-mulohaza hamda  takliflarini bildirib, savollariga senatordan atroflicha javob oldi.

Ahmadjon Shokirov,

Behzod Saidov (surat), O‘zA muxbirlari